Table Of ContentO'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O'RTA-M AXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
N.AHMEDOV, Z. SODIQOV A
NORMAL
ANATOM I YA
FIZIOLOGIYA
O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi
Oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv uslubiy idorasi
kengashi tomonidan tibbiyot kollejlari uchun
o'quv qo'llanmasi sifatida tavsiya etilgan
«O'zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi
28.706
А98
Taqrizchilar:
Sh.M.Ahmedov - Toshkent tibbiyot pediatriya
instituti topografik anatomiya va operativ xirurgiya
kafedrasi mudiri, professor.
T.A.A’zamov-Toshkent tibbiyot pediatriya instituti
normal anatomiya kafedrasi dotsenti.
N. A.Nabixo‘jayeva - T oshkent shahar Sobir Rahi
mov tumani tibbiyot kolleji normal anatomiya va
fiziologiya fanidan I toifali o'qituvchisi.
Ahmedov N., Sodiqova Z.
A90 Normal anatomiya va fiziologiya -Т.: «O'zbekiston milliy
ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. - 352 bet.
Ushbu o'quv qo'llanma tibbiyot kollejlari o'quvchilari
uchun mo'ljallangan bo'lib, unda normal anatomiya va
fiziologiyaning qisqacha tarixi, embrionning rivojlanishi, harakat
a’zolari sistemasi, muskullar, ovqat hazm qilish, nafas a’zolari,
ichki sekretsiya bezlari, qon aylanish sistemasi, eshitish va
ko'rish a’zolari anatomiyasi va fiziologiyasi haqida batafsil
ma’lumotlar berilgan.
BBK 28.706ya722 28.707.3ya722
1909000000
A 358-2008 U8
© «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi»
ISBN 978-9943-07-052-3 Davlat ilmiy nashriyoti, 2008.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MUALLIFLARDAN
O'zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» hamda «SogMiqni saqlash tizimini isloh qilish davlat
dasturi»ning hayotga tatbiq etilishi jahon andozalariga mos,
raqobatbardosh, davlat ta’lim standartlari talablariga javob
bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash ehtiyojini keltirib
chiqardi.
Shu nuqtai nazardan har tomonlama yetuk, malakali,
amaliy ko'nikmalarga ega boMgan mutaxassislarni tayyorlash
uchun mo‘ljallab yozilgan ushbu darslik tarmoq ta’lim
standartlari talabidan kelib chiqqan holda tayyorlandi.
Ushbu darslik 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni
saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot kollejlari «Akusherlik
ishi» va boshqa bo‘limlari uchun tasdiqlangan dastur aso
sida yozildi.
Darslikda normal anatomiya va normal fiziologiyaning
qisqacha tarixi, bu sohada olimlarning olib borgan ilmiy
tadqiqotlari, embrionning rivojlanishi, odam hujayrasi va
to'qimalarining tuzilishi, a’zolar sistemasi hamda irsiyat
haqida ma’lumot berildi, shuningdek, harakat a’zolari sis
temasi, suyaklar, tana, bosh skeletlari, muskullar, ovqat
hazm qilish, nafas, siydik va tanosil a’zolari, ichki sekretsiya
bezlari, tomirlar, qon aylanish sistemasi, limfa sistemasi,
nerv sistemasi, sezgi, ko‘rish va eshitish a’zolari anatomiyasi
hamda fiziologiyasi batafsil yoritildi. Har bir a’zoning
anatomik tuzilishidan keyin uning fiziologiyasi berildi. Mod-
dalar va energiya almashinuvi, vitaminlar va boshqa
mavzulami yoritishda hozirgi zamonda shu sohada olib
borilgan tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘quvchilaming anatomiya va fiziologiya fanini mu
kammal o'zlashtirishlariga yordam berish maqsadida
darslikda oq-qora va rangli rasmlar berildi.
Talabalarning olgan bilimlarini mustahkamlash uchun
har bir mavzu oxirida nazorat uchun savollar berilgan bo'lib,
bu o'quvchilar tomonidan mavzulami o'zlashtirishni yanada
osonlashtiradi degan umiddamiz.
Darslik ayrim xato va kamchiliklardan xoli bo'lmasligi
mumkin. Shuning uchun mualliflar darslik haqidagi tanqidiy
fikr va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilib,
kitobxonlarga oldindan chuqur minnatdorchilik bildiradi-
lar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
NORMAL ANATOMIYA VA NORMAL
FIZIOLOGIYA FANLARI
Odam anatomiyasi odam organizmining shakli, tuzilishi, uning
rivojlanish jarayoni, ayni vaqtda har bir a’zoning jinsiy jihatdan va yoshga
qarab bo'lgan tafovutlari, shuningdek, muhit sharoitlarining a’zolar tuzilishi
hamda vazifalariga ta’sirini o'rganadi.
Qadimda anatomiya fani a’zolami alohida-alohida o'rganib, ularning
o'zaro munosabatini, organizmning bir butunligini hisobga olmasdan,
faqat dalillar to'plash bilan chegaralangan. Hozir bu fan a’zolarning o'zaro
munosabatini, ularning bir sistemaga birlashish qonuniyatlarini o'rga-
nishda organizmning yagona sistema ekanligini, uning tashqi muhit bilan
chambarchas bog'liqligini, a’zolarning shakli bilan funksiyasi bir-biriga
bevosita aloqador ekanini nazarda tutadi.
Odam organizmi murakkab tuzilganligi, mehnat qilishga layoqatliligi
bilan hayvon organizmining tuzilishidan farq qiladi. Anatomiya ana shu
tuzilish, rivojlanish qonuniyatlarini uning evolutsion taraqqiyot qonunlari
— filogenezini tashqi muhit va sharoitga muvofiq tuzilish jarayoni —
antropogenez bilan qiyoslab o'rganadi. Bu bilan qiyosiy anatomiya
shug'ullanadi.
Odamning tug'ilguncha bo'lgan jarayoni, ya’ni homilaning ona qomi-
da o'sib, rivojlanishini embriologiya o'rgansa, tug'ilgandan keyingi
hayotining oxirigacha bo'lgan jarayonni «yoshga doir» anatomiya o'rga
nadi.
Organizm tuzilishining jinsiy xususiyatlari, jinsiy tafovutlar va ularning
o'ziga xos tomonlari ham anatomiya o'rganadigan masalalar jumlasiga kiradi.
Bulardan tashqari, anatomiya a’zolaming individual xususiyatlari, ularning
o'zaro munosabatlari, joylanish proyeksiyalari — topografiyasini ham
o'rganadi. Chunki odam organizmi ona qomida, ayniqsa tug'ilgandan keyingi
rivojlanish jarayonida muhit ta’sirida o'ziga xos xususiyatlami kasb etadi.
Shu bilan birga organizmning shakllanish va rivojlanishiga odam yashab
turgan joylarning iqlimiy-geografik sharoiti, ijtimoiy tuzum ham ta’sir
ko'rsatadi. Buni antropologiya o'rganadi.
Odam organizmi a’zolarining tuzilishi, ularning vazifalariga bog'liq
holda shakllanib boradi. Buni funksional anatomiya fani o'rganadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Fiziologiya organizmni, a’zolar sistemasi va alohida a’zolar, to'qimalar,
hujayralaming hayotiy normal faoliyatini o'rganadi. Bunda yosh, jins va
atrof-muhitning organizmga bo'lgan ta’siriga ham ahamiyat beriladi. Shu
jihatdan anatomiya bilan fiziologiya fanlari o'zaro chambarchas bog'langan
bo'lib, ular biologiyaning ajralmas qismidir. Biologiyada morfologiya fani
organizm, a’zolaming tuzilishi va shakllarini o'rgansa, fiziologiya fani
ularning hayotiy vazifalari bilan shug'ullanadi.
A’zolaming ichki tuzilishi, ularni tashkil qilgan to'qimalar, hujayralami
gistologiya, a’zolarning kasallik holatidagi tuzilishini patologik anatomiya
o'rganadi.
Odam anatomiyasini o'zlashtirishni osonlashtirish uchun bu fan shartli
ravishda bir necha sistemaga ajratib o'rganiladi (sistematik anatomiya).
Sistematik anatomiya suyaklar — osteologiya, suyaklarning o'zaro
birlashishi (bo'g'imlar) — artrologiya, muskullar — miologiya, ichki
a’zolar sistemasi — splanxnologiya, qon tomirlar sistemasi — angiologiya,
ichki sekretsiya bezlari — endokrinologiya, sezgi a’zolari — esteziologiya
va nihoyat, nerv sistemasi — nevrologiya bo'limlaridan iborat. Bu bo'lim
a’zolarning tuzilishi, shakli, ularning o'zaro munosabatlarini o'rganadi.
Topografik anatomiya esa a’zolarning tuzilishi, shaklidan tashqari,
ularning o'zaro munosabatlari, chegarasi va tanadan tashqaridagi
proyeksiyalarini ham o'rganadi.
Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va
funksiyalarini ularning evolutsion rivojlanish prinsipiga bog'lab, atrof-
muhit ta’sirida shakllanish qonuniyatlarini aniqlaydi va yoshga, ishlash
sharoitiga hamda vazifalariga qarab rivojlanishini dialektik qonuniyatlar-
ga asoslangan holda o'rganadi.
Funksional anatomiya yoki normal fiziologiyada hujayralaming o'zaro
munosabati, to'qima va a’zolarning bajaradigan hayotiy vazifalari
o'rganiladi. Hujayralar fiziologiyasi (sitofiziologiya) atrof-muhitning
hujayralarga ta’siri, hayotiy munosabati bilan shug'ullansa, qiyosiy fizi
ologiya turli organizmlarda boradigan jarayonlarni bir-biriga taqqoslab
yoki har bir shaxsning hayotidagi turli fiziologik jarayonlarni o'rganib
boradi. Xususiy fiziologiya esa organizmdagi a’zolar yoki a’zolar sistemasi
(hazm qilish, qon tomir sistemasi va h.k.) vazifalarini o'rganish bilan
shug'ullanadi.
Bulardan tashqari, fiziologiya odam organizmida jismoniy mehnat va
yoshga qarab kuzatiladigan o'zgarishlarni hamda turli taomlarning
organizmga ta’sirini ham o'rganadi. Bu xususiyatlarni fiziologiya, asosan,
hayvonlarda o'tkaziladigan turli tajribalar orqali aniqlaydi. Bunda ko'proq
a’zolami kesish (operatsiya qilib) yoki payvandlash (bir a’zoni boshqa
organizmga ko'chirib ulash), nervlar, qon tomirlarni kesish yoki turli
biotoklar ishlatish usullaridan foydalaniladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Odam anatomiyasi, asosan, murdada o'rganiladi. Lekin bu borada
shifokorlik ixtisosini egallaydigan kishi tirik odam bilan ham munosabatda
bo'lishni e’tibordan chetda qoldirmasligi lozim. Shuning uchun odam
organizmi va a’zolarining tuzilishi, topografiyasi, asosan, murdada hamda
turli usullar bilan va mavjud texnikadan foydalangan holda tirik odamlarda
ham o'rganiladi. Bu usullar quyidagilar:
1. Antropometriya usuli. Bunda gavdaning uzunligi, keng
ligi va og'irligi o'lchanib, olingan ma’lumotlar organizmning ayrim bo'lak-
lariga taqqoslanib, ulaming o'sishi yoki o'zgarganligi kuzatib boriladi.
Bu usullardan hozir ham foydalaniladi.
2. Kesib ochish bilan prepara11 ar tayyorlash usuli. Bunda
skalpel (pichoqcha) va pinset (qisqich) bilan murda a’zolarini kesish
orqali preparatlar tayyorlanadi.
3. Arralash usuli — birinchi marta N. I. Pirogov qo'llagan.
Awal murdani qattiq muzlatib, so'ngra uning o'rganish kerak bo'lgan
bo'lagini qavatma-qavat qilib arralanadi. Bu usulda a’zolar topografiyasi-
ni aniqroq o'rganish mumkin.
4. Inyeksiya usuli — kovak a’zolar va qon tomirlarga turli xil
kimyoviy moddalar yuborib to'ldirib o'rganish usuli.
5. Yoritish, ravshanlashtirish u s u 1 i. Buning uchun a’zo-
ni birorta kislota yoki ishqor suyuqligiga solib, kuzatib turiladi. Vaqt
o'tishi bilan nurlarning turlicha sinishi natijasida har xil to'qimalar
bir-biridan ajralib ko'rinadi.
6. Korroziya yoki yemirish usuli — kovak a’zolar ichi-
ni tez qotadigan modda bilan to'ldirib, so'ngra kuchli kislota yoki ishqor
suyuqligiga solinsa, a’zolarning to'qimalari yemiriladi-da, bo'shlig'iga
yuborilgan modda uning shaklini saqlab qoladi.
7. Rentgen nuri yordamida o'rganish usuli — bu
usul rentgen (1895) nuri kashf etilgandan buyon qo'llaniladi. U tirik
odam tuzilishini o'rganishga keng imkoniyat beradi. Rentgen nurlari
yordamida suyaklar tuzilishini, ayniqsa, uning rivojlanishini kuzatish
mumkin. Kovak a’zolar rentgen nurlarini ushlab qololmaydi, shuning
uchun ularga rentgen nurini tutib qoluvchi kimyoviy moddalar yuborib,
ekranda ko'rish (rentgenoskopiya) yoki rasmini olish (rentgenografiya)
yo'li qo'llanadi.
8. Paypaslab ko'rib o'rganish usuli.
9. Perkussiya — barmoq yoki bolg'acha bilan urib ko'rib aniqlash
usuli. Bu ikkala usul poliklinika va kasalxonalarda keng qo'llanilib, undan
a’zolaming chegaralarini o'rganishda ham foydalaniladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
10. Auskultatsiya usuli — maxsus eshitgich asboblari yordami
da a’zolar (yurak, o‘pka)ning ishlab turgandagi tovushi eshitib ko'riladi.
Bu usul a’zolaming normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yor
dam beradi.
11.Mikroskopda k o ‘rib o'rganish usuli. Bunda hujay-
ra, to'qimalarning nozik tuzilishi maxsus bo'yoqlar bilan bo'yab mikro
skop yordamida o'rganiladi.
12. Fiziologiyada fizik, kimyoviy va texnik usullar ham keng qo'lla-
nilib, ular yordamida a’zolarning muhim hayotiy vazifalari, shuningdek,
turli tajribalar yordamida hayvonlarning a’zolari fiziologiyasi ham
o'rganiladi. Masalan, a’zolar faoliyatini biotoklar ta’sirida aniqlash mumkin
yoki a’zolami organizmdan olib tashlab, yoki bir organizmdan ikkinchi
organizmga a’zolar yoki ularning bir bo'lagini ko'chirib o'tkazib, ularda
kechadigan jarayonlar ko'zdan kechiriladi. Bundan tashqari, keyingi yillarda
a’zolar fiziologiyasini o'rganishda elektron-hisoblash usullaridan ham keng
foydalanilmoqda.
NORMAL ANATOMIYA VA NORMAL FIZIOLOGIYA
FANLARINING QISQACHA TARIXI
Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yo'lini
bosib o'tdi. Lekin o'tmishda odam murdasini yorib o'rganish gunoh
hisoblangan. Shuning uchun murdani yorib o'rganishga intilganlar hatto
o'lim jazosiga hukm etilgan. Binobarin, odam organizmini o'rganish ilmiy
tibbiyot davridan ancha keyinroq boshlangan. Lekin qadimiy Misrda ta
niqli shaxslarning jasadlarini mumiyolash odat bo'lganligi sababli ba’zi
a’zolaming tuzilishi to'g'risida yuzaki bo'lsa ham ma’lumotlar bo'lgan.
Jumladan, miloddan awal yashab o'tgan Smit bosh miya va yurak tuzilishi
to'g'risida ma’lumotga ega bo'lgan. Hind tabibi Bxaskare Bxatshe miloddan
avvalgi X asrga mansub «Anatomiya targ'iboti» asarida a’zolar, muskul-
lar, qon tomirlar va nervlar to'g'risida yuzaki ma’lumotlar to'plagan.
Anatomiyaning haqiqiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlaka-
tidan boshlangan. Yunonistonda ruhoniylar hukmron bo'lmaganligidan
maktablar bo'lib, ko'pgina fanlar qatori tibbiyot fani ham yaxshi o'qitilgan.
Bu maktablarda boshqa olimlar bilan bir qatorda Gippokrat ham tarbiya
topgan.
Gippokrat (miloddan avvalgi 460—337-yillar) tibbiyot sohasidagi
o'zigacha bo'lgan ma’lumotlami to'plab sistemaga solgan, kuzatish va
tekshirishlari asosida 72 ta asar yozgan. Bu qo'llanmalardan tibbiyot olamida
uzoq yillar mobaynida foydalanib kelindi. Gippokrat yurak va qon tomirlar
tuzilishi to'g'risida ham ma’lumodar berib, arteriya tomiridan havo (jon) yuradi,
degan noto'g'ri fikmi oldinga surgan va nervlami paylardan ajrata olmagan.
Arteriya nomi ana shundan kelib chiqqan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
A r i s t о t е 1 (miloddan avvalgi 384—322-yillar) Yunonistonning atoqli
olimi, faylasufi va anatomi. U nervlarning paylardan farqi borligini
isbotlagan, olim Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanadi
degan noto'g'ri fikrini rad etib, qon tomirlar yurakdan boshlanishini is-
botlab bergan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo'shliqdan iborat bo'lib,
bosh miyada hosil bo'ladigan ruh, shu nervlar orqali organizmga tarqaladi,
degan noto'g'ri fikrda bo'lgan.
Vilyam Garvey (1578—1657) taniqli anatom va fiziolog bo'lib,
o'z kuzatish va tajribalari asosida 1628-yilda e’lon qilgan «Hayvonlarda
yurak va qon harakatlari to'g'risida anatomik tekshirishlar» degan ilmiy
asarida katta va kichik qon aylanish sistemasini tarixda ilk bor ilmiy isbotlab
bergan. Garvey qon arteriyadan venaga ko'zga ko'rinmaydigan mayda
tomirchalar orqali o'tadi, deb taxmin qilgan bo'lsa, М. M a 1 p i g i (1628—
1694) 1661-yilda arteriya bilan venani bir-biriga qo'shib turadigan kapillarlar
borligini mikroskop ostida ko'rib isbotladi.
O'rta asrlar (V—XI) da O'rta Osiyodan ham bir qancha mashhur
olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri har taraflama yetuk olim Abu
Ali ibn Sinodir (980—1037).
Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo'lgan bu olim falsafa, adabiyot,
matematika, kimyo, astronomiya, musiqa va tibbiyot bilimidan xabardor
bo'lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan. Dastlabki
bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidayoq ko'p fanlarni mukammal egallagan.
Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo'lib xizmat qilgan.
Tibbiyot sohasidagi misli ko'rilmagan buyuk xizmatlari, kashfiyotlari uni
butun dunyoga mashhur qilgan.
Ibn Sino 100 dan ortiq asar yozgan, bulardan eng mashhuri «Tib
qonunlari» 1000-yillarda chop etilgan. Kitob besh jildlik bo'lib, birinchi
jildi anatomiya va fiziologiyaga bag'ishlangan. Ibn Sino o'zining bu
buyuk va o'lmas kitobida tibbiyot sohasidagi barcha ma’lumotlami
to'plabgina qolmasdan, o'z kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari
bilan asarni boyitgan. Kitob turli tillarda 40 marta qayta nashr qilindi va
dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq vaqt ichida tibbiyot
bilim yurtlarida o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qilib keldi.
Ibn Sino odam organizmini o'rganishda uning konstitutsiyasiga birinchi
bo'lib e’tibor berdi. «Tib qonunlari» jildlarida ichki kasalliklar, xirurgiya,
farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning boshqa sohalari to'g'risida ma’lumot
berilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta 1954—1956-yillarda Toshkentda
o'zbek tilida bosilib chiqqan.
Abu Bakr Ar-Roziy (865—925) — Abu Bakr Muhammad Zakariyo
Ar-Roziy Ray (Eron)da tug'ilgan. Ko'p vaqt Buxoroda yashab ijod
etgan buyuk hakim, klinitsist. Roziyning 260 dan ortiq asari bo'lib,
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Chechak va qizamiq» risolasi ilk bor chop etilgan. Dunyoda birinchi
bo'lib «Kasalliklar tarixini» yozgan (799 ta).
Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Al-Chag‘miniy 1221-yili Urganchda
vafot etgan. U o‘z zamonasining atoqli olimlaridan biri bo'lib, 1210-
yilda «Tibbiyot qonuni» asarini yozgan. Bu asar o'sha davrdagi tibbiyot
namoyandalari orasida keng shuhrat g'ozongan. Chag'miniy O'rta Osiyo
tibbiyotida katta iz qoldirgan.
Abu Abdulloh Iloqiy (936) — «Ma’mun Akademiyasi»ning ko'zga
ko'ringan olimlaridan biri. U o'z zamonasining taniqli tabiblaridan bo'lib,
Abu Ali ibn Sino bilan birga ishlagan. Juda ko'p kitoblar yozgan: «Kitob
Asbob va Alomat»; «Kulliyoti Tib Iloqiy»; «Fisumi Iloqi Fi Kulliyoti
Tib»; «Muxtasari Iloqiy» va boshqalar.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973—1050) tabo-
batda, ayniqsa farmakognoziyada muhim o'rin tutgan olim. U matemati-
ka, kimyo, munajjimlikni ham mukammal bilgan.
Anatomiya faniga qiziqish Uyg'onish davrida (XII—XVI asrlarda)
Italiyada, keyinchalik Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablarida boshla
nadi. Olimlar talabi bilan har besh yilda bir marta murdani yorib o'rganishga
ruxsat beriladi. Natijada dunyoda birinchi marta (1316-y.) aniq ma’lumotlar
asosida yozilgan anatomiya darsligi paydo bo'ladi.
Leonardo da Vinchi (1452—1519) — Uyg'onish davrining buyuk
arbobi, italiyalik olim, musavvir, matematik, muhandis va faylasuf. Odam
portretini to'g'ri va aniq chizish maqsadida 30 dan ortiq murdani yorib
o'rgandi va a’zolar rasmini chizib chiqdi. U dunyoda birinchi bo'lib
muskullarning ishlash dinamikasini o'rgandi. Shu bilan plastik anatomi-
yaga asos soldi.
Andrey Vezaliy (1514—1564) Venetsiya universitetida anatomiya
professori bo'lib ishlagan. U juda ko'p murdani yorib o'rganadi, hayvon
lar ustida tajribalar o'tkazadi. Shular asosida 1538-yili «Anatomiya
jadvallari» atlasini va «Odam tanasining tuzilishi to'g'risida yetti kitob»ini
yozadi.
Klavdiy Galen (130—210) anatomiya, fiziologiya, falsafa va biolo-
giya fanlarini mukammal o'rgangan olim, ilgarigi idealistik g'oyalami
quvvatlab, organizm o'z vazifalarini uch xil ruh orqali bajaradi, degan
xulosaga keladi, birinchisi — jigarda paydo bo'lib, venalar orqali, ikkin
chisi — yurakda vujudga kelib, arteriyalar vositasida organizmga tarqaladi.
Uchinchisi esa miyada paydo bo'lib, nervlar orqali organizmning barcha
qismlarini idora qiladi.
Rossiyada XVII asrgacha vrachlar chetdan taklif etilgan. Ular tibbiyotga
bo'lgan ehtiyojni qondirmagan. Shuning uchun Pyotr I Peterburgda (1715)
va Kronshtatda (1717), keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy
gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan. Pyotr I birinchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
Description:usul rentgen (1895) nuri kashf etilgandan buyon qo'llaniladi. U tirik odam tuzilishini o'rganishga keng imkoniyat beradi. Rentgen nurlari yordamida